Protect: to‘lov kartalari himoyasi

Xavf haqida ogohlantirish

Yomon niyatli shaxslar hisobingizdan pul o‘g‘irlash uchun to‘lovga oid ma’lumotlaringizni (karta raqami, karta egasining ismi, amal qilish muddati va CVV2) olishga urinishi mumkin. To‘lov ma’lumotlari quyidagi hollarda xavf ostida bo‘lishi mumkin:

  • yovuz niyatli shaxslar onlayn to‘lov shaklini saytga joylagan;
  • to‘lov kartalaridan to‘lovni qabul qiluvchi sayt HTTPS xavfsiz aloqa protokolidan foydalanmaydi;
  • sayt Yandex’ga noma’lum serifikatdan foydalanmoqda;
  • to‘lov shakli asosiy sayt emas, balki boshqa domenda joylashgan.

Brauzer to‘lov kartasi raqamini kiritishda ikki xil ogohlantirishni ko‘rsatishi mumkin:

  • Ma’lumotlarni o‘g’irlash uchun aniq tahdid mavjud. Bunday holda Aqlli satrda belgisi paydo bo‘ladi va ogohlantirish oynasi ochiladi.
  • Ma’lumotlarni o‘g’irlash uchun aniq tahdid yo‘q, ammo xavfsizlik muammosi mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday holda, Aqlli satrda   belgisi paydo bo‘ladi.

Brauzer to‘lov kartasi raqamini kiritishda ikki xil ogohlantirishni ko‘rsatishi mumkin:

Muammo haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun Aqlli satrda karta belgisini bosing. Quyidagi xabarlardan birini ko‘rasiz:

Xabar

Bu nimani anglatadi

Ishonchli shifrlashdan foydalanmaydigan example.com saytida **** karta raqamini kiritmoqdasiz. To‘lov ma’lumotlaringiz firibgarlar tomonidan tutib olinishi mumkin.

Yandex saytni shubhali deb hisoblaydi yoki to‘lov vaqtida sayt himoyalanmagan HTTP ulanishini ishlatadi.

To‘lovni bekor qiling, aks holda to‘lov ma’lumotlaringiz firibgarlar qo‘liga tushishi mumkin.

“Sertifikat nomi” bank kartangiz ma’lumotlarini ko‘rishi mumkin.

Sayt sertifikati Yandex kompaniyasiga notanish (sertifikat saytning haqiqiyligini tasdiqlaydi va ma’lumotlarni HTTPS yordamida shifrlashda qatnashadi).

Sertifikatning kelib chiqishini tekshiring va qaror qabul qiling, unga ishonasizmi yoki yo‘qmi.

Ushbu saytga ulanish shifrlanmagan, lekin kartangiz ma’lumotlari himoyalangan example.comga yuboriladi.

To‘lov ma’lumotlarini kiritish shakli to‘lovni amalga oshiradigan saytda emas. Siz fishing sahifasiga duch kelgan bo‘lishingiz mumkin.

To‘lov ma’lumotlarini kiritish shakli joylashgan saytga ishonch bildirayotganingizdga ishonch hosil qiling.

Bank kartangiz ma’lumotlari boshqa himoyalangan example.com saytiga yo‘naltiriladi.

To‘lov ma’lumotlarini kiritish shakli to‘lovni amalga oshiradigan saytda emas. Siz fishing sahifasiga duch kelgan boʻlishingiz mumkin.

To‘lov ma’lumotlarini kiritish shakli joylashgan saytga ishonch bildirayotganingizdga ishonch hosil qiling.

Karta himoyasini o‘chirib qo‘yish

Diqqat

Brauzerda elektron xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, karta himoyasini o‘chirishni tavsiya etmaymiz.

Brauzerda to‘lov kartasi himoyasini o‘chirish uchun:

  1. Yuqori oʻng burchakda Sozlamalar tugmasini bosing.

  2. Sahifaning yuqori qismidagi Xavfsizlik varagʻini oching.

  3. Tahdidlarga qarshi himoya bo‘limida Bank kartalari antifishingi parametrini faolsizlantiring.

To‘lov kartalari orqali kartalardan foydalanish haqida batafsil bilib oling.

Yordam xizmatiga yozish

Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin - Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.