---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://browser.yandex.com.tr/help/en/security/permissions.md
  - https://browser.yandex.com.tr/help/kk/security/permissions.md
  - https://browser.yandex.com.tr/help/ru/security/permissions.md
  - https://browser.yandex.com.tr/help/tr/security/permissions.md
  - https://browser.yandex.com.tr/help/uz/security/permissions.md
  - href: uz/security/permissions.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
keywords:
  - Sayt elementlari uchun istisnolar.
  - Qayta ishlash qoidalari.
  - Istisnolarni boshqarish.
  - Sahifadagi bloklangan elementlar.
  - Yandex brauzerda plaginlarni taqiqlash.
  - Yandex brauzerda plaginlarga ruxsat berish.
  - Yandex brauzerdagi qalqib chiquvchi oynalar.
  - Yandex brauzerda qalqib chiquvchi oynalarni bloklash.
  - Yandex brauzerda qalqib chiquvchi oynalarga qanday ruxsat beriladi.
  - Yandex brauzerda qalqib chiquvchi oynalar bloklanishini faolsizlantirish.
  - Yandex brauzerda qalqib chiquvchi oynalar qanday bloklanadi.
  - Yandex brauzer qalqib chiquvchi oynalar.
  - Yandex Brauzer qalqib chiquvchi oynalar va reklamalarni faolsizlantirish.
  - Yandex brauzerda qalqib chiquvchi oynalarni sozlash.
  - Yandex brauzerda qalqib chiquvchi oynalar qanday yoqiladi.
  - Yandex brauzerda qalqib chiquvchi oynalarni qanday qaytarish mumkin.
  - Yandex brauzerda qalqib chiquvchi oynalarni qanday ochish mumkin.
  - Yandex brauzerda qalqib chiquvchi oynalarni qanday yoʻq qilish mumkin.
  - Yandex brauzerda qalqib chiquvchi oynalarni qanday olib tashlash mumkin.
  - Javascript yandex brauzerda.
  - Yandex brauzerda javascript qanday yoqiladi.
  - Yandex brauzerda javascript qanday faolsizlantiriladi.
  - Yandex brauzerda javascript qanday faollashtiriladi.
  - Nega yandex brauzerda javascript ishlamayapti.
  - Yandex brauzerda javascriptni qanday yoqish mumkin.
  - Yandex brauzerda javascript qanday oʻchirib qoʻyiladi.
  - Yandex brauzerda javascript qanday oiib tashlanadi.
  - Yandex brauzerda butun ekran rejimi.
  - Yandex brauzerda butun ekran rejimini qanday sozlash mumkin.
  - Ruxsatlar haqida Yandex brauzerda butun ekran rejimi.
  - Mikrofon yandex brauzerida.
  - Yandex brauzer mikrofoniga kirish.
  - Yandex brauzerida mikrofon qanday yoqiladi.
  - Yandex brauzerda mikrofonga qanday ruxsat beriladi.
  - Yandex brauzer mikrofondan foydalanishga ruxsat berish.
  - Yandex brauzerdagi mikrofon tugmasi yoʻqoldi.
  - Mikrofon yandex brauzer.
  - Yandex brauzerda mikrofonni sozlash.
  - Yandex brauzerda mikrofonni qanday sozlash mumkin.
  - Yandex brauzerida mikrofon qanday faolsizlantiriladi.
  - Yandex brauzerdagi mikrofon ishlamayapti.
  - Yandex brauzerdagi xabarnomalar.
  - Yandex brauzerda xabarnomalarni qanday faolsizlantirish mumkin.
  - Yandex brauzerdagi xabarnomalarni qanday olib tashlash mumkin.
  - Yandex brauzerda xabarnomalarni qanday yoqish mumkin.
  - Yandex brauzer kursorini bloklash.
  - Yandex brauzerda kamerani qanday yoqish mumkin.
  - Kamera yandex brauzer.
  - Yandex brauzer qayta ishlagichlari.
  - Yandex brauzerda rasmlarni qanday yoqish mumkin.
  - Yandex brauzerda rasmlarni qanday faolsizlantirish mumkin.
  - Yandex brauzerda rasmlar yuklab olinishini qanday yoqish mumkin.
  - Rasmlarni Yandex brauzerdan qanday olib tashlash mumkin.
  - Yandex brauzer kalitlarini yaratish.
  - Himoyalangan kontent yandex brauzer.
  - Yandex brauzerda cookie fayllar dastaklanishini yoqish.
  - Yandex brauzerda cookie fayllarni sozlash.
  - Yandex brauzer fayllarini avtomatik yuklash.
  - Java.
  - JavaScript.
  - JavaSkript.
  - Brauzer sozlamalarida qalqib chiquvchi oynalarni koʻrsatishga ruxsat bering.
  - Yandex brauzer saytlari uchun istisnolar.
  - Internetda ishlash haqidagi ma’lumotlarni toʻplashni taqiqlash.
  - Foydalanuvchi harakatlarini kuzatishni taqiqlash.
  - Yandex brauzerda ochilgan sahifalar haqida ma’lumot.
  - |
    {% if platform == 'beta' %}Internetdagi harakatlar kuzatllmasin.{% endif %}
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://browser.yandex.com.tr/help/uz/llms.txt




# Saytlar uchun ruxsatlar


<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

Internetga tashrifingiz xavfsiz va qulay bo‘lishi uchun [Yandex Brauzer](https://browser.yandex.uz/) sayt unsurlariga turli qayta ishlash qoidalarini qo‘llaydi. U qalqib chiquvchi oynalarni bloklaydi, saytning joylashuvni soʻrashi haqida ogohlantiradi va hokazo. [Protect paneli](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/security/protect-panel.md) yordamida yoki sozlamalarda barcha sayt yoki tanlangan saytlar uchun brauzer xulqini o‘zgartirishingiz mumkin. Masalan, barcha JavaScript saytlarida ishga tushirishni taqiqlashingiz yoki tanlangan saytga video-kameradan foydalanishga ruxsat berishingiz mumkin.

## Qaysi qayta ishlash qoidalarini o‘zgartirishingiz mumkin {#what}

- **Joriy sayt uchun**. Protect panelidan unsurlarning asosiy ro‘yxati qayta ishlash qoidalarini [o‘zgartirishingiz](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/security/permissions.md#panel) mumkin.
- **Barcha saytlar uchun**. Sozlamalarda kengaytirilgan unsurlar ro‘yxatini qayta ishlash qoidalarini [o‘zgartirishingiz](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/security/permissions.md#settings) mumkin.

#### Protect panelida boshqariladigan elementlar {#desktop--permissions--section--panel}


{% note info %}

Jadvaldagi belgilar [Aqlli satrning](*smart-link) oʻng tomonida aks etadi va ular joriy sayt uchun ishlash qoidalarini koʻrsatadi. Qayta ishlash qoidasini oʻzgartirish uchun belgini bosing.

{% endnote %}


#|
||

**Tarkib sozlamalari**
|
**Birlamchi qayta ishlash qoidalari**
|
**Aqlli satrdagi muqobil qoidalari va belgilar**
||

||
[Foydalanuvchi joylashuvi](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/personal-data-protection/location-information.md)
|
- **So‘rash** — sayt joylashuvni aniqlashga uringanda brauzer sizdan ma’lumot almashishga ruxsat berishingizni so‘raydi.
|
- ![](../_image/location-icon.svg) **Ruxsat berish** — saytga (masalan, Yandex Xaritalarga) har safar ruxsat so‘ramay manzilingizni aniqlashga imkon beradi.
- ![](../_image/no-location-icon.png) **Bloklash** — saytga joylashuvingizni talab qilishni taqiqlash.
||

||
Kamera
|
- **So‘rash** — agar sayt (masalan, video-konferensiya portali) kameraga kirishga urinsa, brauzer bu haqida sizni ogohlantiradi.
|
- ![](../_image/camera-icon.png) **Ruxsat berish** — saytga video-kameraga kirish imkoniyatni avtomatik ravishda olishga ruxsat berish. http-sayt uchun ushbu sozlama bir seans davomida amal qiladi va https veb-sayti keyingi tashrif paytida ham kameraga kira oladi.
- ![](../_image/no-camera-icon.png) **Bloklash** — saytga kameraga kirishni taqiqlash.
||

||
Mikrofon
|
- **So‘rash** — agar sayt (masalan, video-konferensiya portali) mikrofonga kirishga urinsa, brauzer sizni bu haqida ogohlantiradi.
|
- ![](../_image/microphone-icon.png) **Ruxsat berish** — saytga mikrofonga avtomatik ravishda kirishga ruxsat beradi. http-saytiuchun ushbu sozlama bir seans uchun amal qiladi va https-sayti mikrofonga va keyingi tashriflarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- ![](../_image/no-micro-icon.png) **Bloklash** — saytga mikrofonga kirishni taqiqlash.
||

||
[Bildirishnomalar](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/personalization/notification.md#sites)
|
- **So‘rash** — sayt birinchi marta bildirishnoma yuborishga uringanda brauzer sizdan ularni ko‘rsatish kerak yoki kerak emasligini so‘raydi. [Inkognito](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/personal-data-protection/incognito-mode.md) rejimida brauzer saytlardan ogohlantirishlarni bloklaydi.
|
- ![](../_image/notification-icon.svg) **Ruxsat berish** — saytga (masalan, Yandex Taqvimga) ogohlantirishlarni ko‘rsatishga ruxsat beradi.
- **Bloklash**  — saytga bildirishnomalarni chiqarishni taqiqlaydi.
||

||
[JavaScript](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/troubleshooting/safety.md#javascript-off)
|
- **Ruxsat berish** — standart holatda JavaScriptni ishga tushirishga ruxsat berilgan.
|
- ![](../_image/no-js-icon.svg) **Bloklash** — saytga JavaScriptni ishga tushirishni taqiqlaydi. Ayrim JavaScript ssenariylari parollarni o‘g‘irlaydi yoki kompyuterga viruslarni yuqtiradi. Ushbu parametrni tanlab, saytdagi har qanday JavaScript ssenariylarini ishga tushirishni taqiqlaysiz, bu esa xavfsizlikni oshiradi, ammo saytning xato ishlashiga olib kelishi mumkin.
||

||
[Rasmlar](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/troubleshooting/content.md#image)
|
- **Ruxsat berish** — rasmlar standart holatda ko‘rsatiladi.
|
- ![](../_image/no-picture-icon.svg) **Bloklash** — saytga rasmlarni ko‘rsatishni taqiqlaydi. Rasmlarsiz u tezroq yuklanadi.
||

||
Qalqib chiquvchi oynalar
|
- **Bloklash** — birlamchi ravishda qalqib chiquvchi oyna bloklanadi, chunki ekranni to‘sadi va odatda banner reklamasi uchun ishlatiladi. Agar sayt qalqib chiquvchi oynalarni ochishga harakat qilsa, Aqlli satrda ![](../_image/no-popup-icon.png) belgisi paydo bo‘ladi.
|
- **Ruxsat berish** — saytga qalqib chiquvchi oynalarni ishga tushirishga ruxsat berish.
||

||
Fonda [sinxronlash](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/device/sync.md)
|
- **Ruxsat berish** — birlamchi ravishda qurilmalarni sinxronlash fon rejimida amalga oshiriladi.
|
- **Bloklash** — barcha qurilmalarda brauzerning fonda sinxronlanishini taqiqlash.
||

||
Fayllarni [avtomatik ishga tushirish](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/working-with-files/download-files.md)
|
- **So‘rash** — agar sayt birinchi fayl yuklangandan so‘ng, ikkinchisini avtomatik ravishda yuklashga urinsa, brauzer sizni bu haqida ogohlantiradi.
|
- ![](../_image/autoloading-icon.png) **Ruxsat berish** — saytga har safar ruxsat so‘ramasdan bir nechta fayllarni avtomatik ravishda yuklashga ruxsat beradi.
- ![](../_image/no-autoloading-icon.png) **Bloklash** — saytni o‘zingiz tanlaganlardan tashqari fayllarni yuklab olishni taqiqlaydi.
||

||
MIDI-qurilmalar
|
- **So‘rash** — agar sayt MIDI interfeysidan foydalanadigan elektron musiqa asboblariga kirishni talab qilsa, Brauzer sizni bu haqida ogohlantiradi.
|
- ![](../_image/midi-icon.png) **Ruxsat berish** — saytga avtomatik ravishda MIDI qurilmalariga kirishiga ruxsat beradi.
- ![](../_image/no-midi-icon.png) **Bloklash** — saytga MIDI qurilmalariga kirishni taqiqlaydi.
||

||
[Himoyalangan rejim](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/security/safe-mode.md)
|
- **Oʻchiq** — sertifikatlarning qatʼiy tekshirilishini taqiqlaydi. Rejim bank va to‘lov tizimlari saytlarida to‘lov sahifasi ochilganda avtomatik yoqiladi.
|
- ![](../_image/safe-mode-icon.svg) **Yoniq** — sertifikatlarning qatʼiy tekshirilishiga ruxsat berish, barcha brauzer kengaytmalarini faolsizlantirish.
||
|#

#### Sozlamalarda nazorat qilinishi mumkin bo‘lgan elementlar {#desktop--permissions--section--settings}


{% note info %}

Jadvaldagi belgilar Aqlli satrning oʻng tomonida joylashgan boʻlib, ular joriy sayt uchun qayta ishlash qoidalarini koʻrsatadi. Qayta ishlash qoidasini oʻzgartirish uchun belgini bosing.

{% endnote %}


Sozlamalarda Protect panelidagi barcha unsurlarni boshqarishingiz, shuningdek, quyidagi unsurlar uchun ishlash qoidalarini o‘zgartirishingiz mumkin:

#|
||
**Sayt elementi**
|
**Birlamchi qayta ishlash qoidalari**
|
**Aqlli satrdagi muqobil ishlov berish qoidalari va belgilar**
||

||
[Сookie-fayllar](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/personal-data-protection/cookies.md)
|
- **Ruxsat berilganlar** — standart holatda cookie-fayllarni saqlashga ruxsat berilgan.
|
- ![](../_image/cookies-icon.svg)**Taqiqlanganlar** — saytga siz haqingizdagi ma’lumotlarni olishni taqiqlash (login, parol yoki ko‘rib chiqiladigan sahifalar haqida ma’lumot). Cookie-fayllar bloklangach, sayt xatolik bilan ishlashi mumkin.
- **Faqat joriy seanslar uchun ruxsat berilgan** — cookie-fayllari brauzer yopilgandan keyin darhol o‘chiriladi.
- **Tashqi saytlar maʼlumotlarini va fayllarini bloklash** — saytga tashqi saytlar uchun maʼlumot olishni taqiqlash.
||

||
Protokollarni qayta ishlash
|
- **Ruxsat berilgan** — birlamchi ravishda [maxsus havolalar](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/useful-features/special-links.md) ochilganda bayonnoma qayta ishlovchilari ishlashiga ruxsat berilgan (masalan, `webcal` yoki `mailto`).
|
- **Taqiqlangan** — barcha saytlarga bayonnomalarni qayta ishlashni taqiqlash.
||

||
Himoyalangan kontent
|
- **Himoyalangan kontent ijrosiga ruxsat berish** — standart holatda nusxa olishdan himoyalangan elektron kitob, musiqa va boshqalar Brauzerda ijro etiladi.
- **Qurilma identifikatorlaridan foydalanishga ruxsat berish** — standart holatda himoyalangan kontent ijro etilayotganda qurilma identifikator tomonidan tekshiriladi.
|
- Himoyalangan kontent ijrosini taqiqlash.
- Himoyalangan kontent ochilganda qurilma identifikatorini tekshirishni taqiqlash.
||

||
USB qurilmalar
|
Saytni USB qurilmaga ulashingiz mumkin (masalan, pulsometr ma’lumotlarini sahifada saqlash uchun).
|
- **Kengaytirilgan sayt sozlamalari** havolasi yordamida ulangan qurilmalarni ko‘rishingiz va sozlashingiz mumkin.
||
|#


## Joriy sayt uchun qayta ishlash qoidalarini o‘zgartirish {#panel}

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

[Protect panelida](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/security/protect-panel.md) joriy sayt uchun unsurlarni qayta ishlash qoidalarini o‘zgartirish mumkin:

1. Sayt sahifasini oching.

1. [Aqlli satrda](*smart-link) [ulanish holati](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/security/protect-panel.md#icons) belgisini bosing.

1. Protect paneli ochiladi. Ulanish holati ko‘rsatilgan bo‘limda **Batafsil** tugmasini bosing.

1. **Ruxsatlar** boʻlimida kerakli sayt elementini toping.

1. Ochiladigan roʻyxatda kerakli parametrni tanlang: **Bloklash**, **Ruxsat** yoki **Soʻrash**.

Shundan so‘ng, Protect panelining ochilgan oynasida o‘zgartirilgan unsur uchun xususiyat paydo bo‘ladi. Ushbu xususiyatni osongina yoqish va o‘chirishingiz mumkin, ammo sozlash faqat joriy sayt uchun amal qiladi.

![](../_image/off-notifications-1.png =1000x)

## Barcha saytlar uchun qayta ishlash qoidalarini o‘zgartirish {#settings}

Brauzer sozlamalarida barcha saytlar uchun unsurlarni qayta ishlash qoidalarini o‘zgartirish mumkin:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.


1. Sahifani pastga torting va **Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari** tugmasini bosing.

1. Elementlarni qayta ishlash qoidalarini o‘zingiz xohlagan tarzda sozlang.

![](../_image/permissions.png =1000x)

## Tanlangan saytlar uchun istisnolarni yaratish va o‘chirish {#exceptions}

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

Agar Brauzer qoidalari sayt bilan ishlashga to‘sqinlik qilsa, istisnoga murojaat qilishingiz mumkin. Masalan, boshqa saytlar joylashuvingizni avtomatik tarzda aniqlash uchun sizdan ruxsat so‘ragan vaqtda Yandex Xaritalarga bunga ruxsat berish.

### Istisno qilish:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.


1. Sahifani pastga torting va **Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari** tugmasini bosing.

1. Kerakli element nomi yozilgan bo‘limda **Saytlar sozlamalari** tugmasini bosing.

1. **Ruxsat berilgan** yoki **Taqiqlangan** ilovasiga o‘ting va oynaning yuqori o‘ng burchagidagi **Qo‘shish**ni bosing.

1. Saytning elektron pochta manzilini kiriting. Manzilni belgilash uchun niqoblardan foydalanish mumkin. Masalan, agar `https://[*.]example.uz` deb yozsangiz, istisno domen va uning barcha tagdomenlari uchun amal qiladi.

1. **Kiritishni** bosing.

    {% note info %}

    Istalgan vaqtda saytni ruxsat etilganlar ro‘yxatidan taqiqlanganlarga va aksincha ko‘chirishingiz mumkin. Buning uchun sichqoncha kursorini sayt ustiga olib o‘ting va o‘ngdagi **Taqiqlash** yoki **Ruxsat berish** havolasini bosing.

    {% endnote %}


### Istisnoni olib tashlash:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.

1. Sahifani pastga torting va **Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari** tugmasini bosing.
1. Kerakli element nomi yozilgan bo‘limda **Saytlar sozlamalari** tugmasini bosing.
1. Kursorni kerakli saytga yoʻnaltiring va oʻng tomonda aks etgan **O‘chirish** havolasini bosing.


## «Kuzatilmasin» parametri {#dnt}

Ba’zi saytlar tashrif buyurilgan sahifalarning manzillarini bilib olishlari va ushbu ma’lumotni reklama qilish, statistika yig‘ish va boshqalar uchun ishlatishlari mumkin.

Saytlarni internetdagi faoliyatingiz haqida ma’lumot to‘plashini taqiqlash uchun:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Tizim** tugmasini bosing.

1. **Shaxsiy maʼlumotlar sozlamalarini** oching.
1. **Saytlarga ‘‘Do Not Track’’ (“Kuzatilmasin”) so‘rovini yuboring**.

![](../_image/personal-data.png)

{% note alert %}

**Kuzatmaslik** so‘rovini barcha saytlar ham tushunmaydi. Baribir ularning ko‘pchiligi sizning internetdagi faoliyatingiz haqida ma’lumot yig‘adi va foydalanadi.

{% endnote %}




<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.