---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://browser.yandex.com.tr/help/en/security/sms-fraud.md
  - https://browser.yandex.com.tr/help/kk/security/sms-fraud.md
  - https://browser.yandex.com.tr/help/ru/security/sms-fraud.md
  - https://browser.yandex.com.tr/help/tr/security/sms-fraud.md
  - https://browser.yandex.com.tr/help/uz/security/sms-fraud.md
  - href: uz/security/sms-fraud.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
keywords:
  - SMS firibgarlikni bloklash.
  - SMS firibgarligi nimasi bilan xavfli.
  - SMS firibgarlik.
  - Mobil firibgarlarni bloklash.
  - Firibgarlik saytiga havolani bloklash.
  - SMS firibgarlik turlari.
  - SMS firibgarligiga misollar.
  - SMS orqali firibgarlik.
  - SMS firibgarlikdan qanday qochish mumkin.
  - Yandex brauzer himoyasini faolsizlantirish.
  - Yandex brauzer mobil firibgarlik blokirovkasini faolsizlantirish.
  - Yandex brauzer orqali SMS-firibgarlar bloklanishini faolsizlantirish.
  - Yandex brauzer mobil firibgarlik blokirovkasini qanday  faolsizlantirish mumkin.
  - Yandex brauzer orqali SMS-firibgarlar bloklanishini qanday faolsizlantirish mumkin.
  - Yandex brauzer mobil firibgarlik blokirovkasini qanday yoqish mumkin.
  - Yandex brauzer SMS-firibgarlari bloklanishini qanday faolsizlantirish mumkin.
  - Yandex brauzer saytni blokladi nima qilish kerak.
  - Yandex saytni zararli deb baholab blokladi.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://browser.yandex.com.tr/help/uz/llms.txt




# Protect: SMS-firibgarlikdan himoya qilish



Mobil telefon orqali saytda ro‘yxatdan o‘tishda yoki mobil telefon raqamiga SMS-xabar yuborayotganda firibgarlik holatlari kam emas. Foydalanuvchi to‘lovni yuboradi, lekin pulli xizmatni olmaydi yoki uning hisobidan ma’lum bir miqdordagi mablag‘ doimiy ravishda yechib olinadi. [Protect](https://browser.yandex.com.tr/help/uz/security/protection.md) kompleks himoya tizimi doirasida [Yandex Brauzer](https://browser.yandex.uz/) firibgarlar foydalanishi mumkin boʻlgan saytlarni kuzatadi va bloklaydi.

## Shubhali saytlarni bloklash {#blocking}

Yandex fishing saytlar va firibgarlar foydalanishi mumkin bo‘lgan resurslarni kuzatib boradi. Bunday saytlar manzili maxsus ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Agar siz SMS-firibgarlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan resursga kirishga urinsangiz, Brauzer ehtimoliy xavfli sahifani bloklaydi va bu haqida sizga xabar beradi — Brauzer oynasida xabar va ![](../_image/mobile-payments-warning-icon.svg) [Aqlli satrda](*smart-link) belgisi paydo bo‘ladi.

![](../_image/sms-fraud.png)

{% note alert %}

Bunday saytga kirishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻring. Bu xavfli boʻlishi mumkin:

- Saytda sizga telefoningizdan pul yechib olishga sabab bo‘ladigan amallarni bajarish taklif qilinadi. Tavsiya etilgan xizmatlar pulli ekani haqidagi ogohlantirish boʻlmaydi yoki uni aniqlash qiyin joyda turadi.
- Puli to‘langan xizmatlarni umuman olmasligingiz yoki ularni va’da berilgan shakldan boshqacha tarzda olishingiz mumkin.

{% endnote %}



## SMS-firibgarlik namunalari {#examples}

Quyida ta’riflangan holatlar firibgarlik saytlarida, zararlangan resurslar (kecha xavfsiz, lekin bugun zararlangan sayta), shuningdek, kompyuteringizdagi zararli DT'dan kelib chiqishi mumkin.

{% note alert %}

Zararli dasturiy taʼminot siz saytlarda kiritgan ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi va ularni firibgarlarga yuborishi mumkin. Shuning uchun sizga antivirusdan foydalanishni qatʼiy tavsiya qilamiz.

{% endnote %}

#### Mobil telefoningiz orqali saytda ro‘yxatdan o‘tish

1. Turli bahonalar bilan sayt sizning mobil telefon raqamingizni kiritishni talab qiladi. Masalan, saytda ro‘yxatdan o‘tish yoki robot emasligingizni tasdiqlash, dastur yangilanishini faollashtirish, ijtimoiy tarmoqdagi hisob qaydnomangiz bloklanishining oldini olish va h. k.
1. Telefonga sizdan saytga kiritish so‘ralgan faollashtirish kodi keladi.
1. Kodni kiritasiz va shu bilan birga pulli obunani faollashtirasiz.
1. Telefondan har kuni ma’lum miqdordagi mablag‘ yechib olinadi, ko‘pincha 20‒30 rubl.

#### Telefoningizdan mobil raqamga xabar yuborish

1. Sizdan mobil telefoningizdan saytdagi raqamga xabar yuborishingiz so‘ralmoqda.
1. SMS-xabar yuborasiz. Yuborish narxi sizning tarifingiz bo‘yicha SMS-xabar narxidan yuqori. Bundan tashqari, narx haqidagi ma’lumot saytda umuman ko‘rsatilmasligi yoki saytning ko‘rish qiyin bo‘lgan qismida berilgan bo‘lishi mumkin.
1. Xabar yuborilishi bilanoq telefoningizdan ma’lum bir miqdordagi mablag‘ yechib olinadi, odatda 100‒200 rubl. Ba’zan kundalik pul mablag‘ini yechib olish kiritiladi.

## Qoʻshimcha xavfsizlik choralari {#secutity-rules}

Protect tizimining zararlangan va shubhali saytlarining ma’lumotlar bazasi 80 000 dan ortiq saytni o‘z ichiga oladi, ammo firibgarlar resursi ustidan shikoyat kelib tushmagan bo‘lsa, u bazada bo‘lmasligi mumkin. Firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun oddiy xavfsizlik qoidalariga rioya qiling:

- To‘liq ishonmaydigan saytlarga mobil telefon raqamingizni kiritmang.

- Saytda ko‘rsatilgan raqamlarga telefoningizdan xabar jo‘natmang.

- Har qanday [shaxsiy maʼlumotlarni](https://yandex.uz/support/common/uz/security/phishing.html) yoki elektron toʻlov maʼlumotlarini (bank kartalari raqamlari, PIN kodlar va hokazo) yubormaslikka harakat qiling.


## Himoyani faolsizlantirish {#protection-off}


{% note alert %}

Agar SMS-firibgarlikdan himoyani o‘chirishni xohlasangiz, Brauzerda zararli sayt va dasturlardan himoyani to‘liq o‘chirib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Biz bunday qilmaslikni qat’iyan tavsiya qilamiz.

{% endnote %}


SMS-firibgarlikdan himoyani o‘chirish uchun:

1. Yuqori oʻng burchakda **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Sozlamalar** tugmasini bosing.


1. Sahifaning yuqori qismidagi **Xavfsizlik** varagʻini oching.

1. **Tahdidlardan himoyalash** blokida **Kiriladigan saytlar va yuklab olinadigan fayllar xavfsizligini tekshirish** parametrini faolsizlantiring.

SMS-firibgarlikdan himoyani yoqish uchun bir xil algoritmdan foydalaning.


## Agar Yandex saytingizni bloklayotgan boʻlsa {#if-site-blocked}

Agar Yandex xato tufayli saytingizni bloklagan deb hisoblasangiz, [SMS firibgarlik](https://yandex.uz/support/webmaster/uz/threats/sms-fraud.html) sahifasidagi ko‘rsatmalardan foydalaning.



<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.