Rosetta
Bu nima?
Rosetta — fonda ishlaydigan qoʻshimcha dasturiy taʼminot. Bu Intel protsessorlariga ega Mac kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan ilovalarga Apple protsessorlariga ega Mac kompyuterlarida ishlash imkonini beradi.
Bu muhim
Rosettaning birinchi versiyasi 2006-yilda chiqarilgan va 2011-yildan beri qoʻllab-quvvatlanmaydi. Rosettaning ikkinchi versiyasini oʻrnatishni tavsiya qilamiz.
Qanday oʻrnatiladi?
Agar Apple protsessoriga ega Mac qurilmasidan foydalansangiz, har qanday ilovani birinchi marta ishga tushirganingizda, sizga avtomatik ravishda Rosetta dasturini oʻrnatish taklif etiladi.

Dasturni mustaqil tarzda ham oʻrnatishingiz mumkin:
- Terminalda
softwareupdate --install-rosettabuyrugʻini kiriting. - Litsenziya shartnomasi shartlarini qabul qiling.
Rosetta kompyuteringizga oʻrnatiladi.